Yangi so‘z va atamalarning
O‘zbekcha muqobilini birga yaratamiz.

Milliy tilimizga kirib kelayotgan yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobillarini sun’iy intellekt tizimi yordamida tavsiya etamiz.

Bu qanday ishlaydi

Yangi atamalarni yaratish jarayoni

Yangi atamalarni aniqlash

Adminlar o‘zbek tilida tarjimasi yo‘q bo‘lgan zamonaviy xorijiy atamalarni tanlaydi. Bu qadam yangi terminlarni qo‘shish va ularni yangilab borishni ta’minlaydi

Alternativalar yaratish

Adminlar har bir atama uchun o‘zbekcha alternativalar yaratadi. Ular takliflarni qo‘lda yaratishi yoki suniy intellekt yordamida, aniq va madaniy jihatdan mos keladigan tarjimalarni yaratishi mumkin

Takliflarni ko‘rib chiqish

Foydalanuvchilar ham atamalar uchun o‘z takliflarini yuborishlari mumkin. Adminlar ushbu takliflarni ko‘rib chiqib, kerakli takliflarni terminlar bazasiga qo‘shadi

Loyiha muhimligi

O‘zbek tili rivojida zamonaviy imkoniyatlar

Milliy madaniyatni saqlash

Ushbu loyiha zamonaviy xorijiy atamalarni o‘zbek tiliga kiritish orqali milliy madaniyatimiz va tilimizning o‘ziga xosligini saqlab qolishga yordam beradi. Har bir yangi atama xalqimizning madaniy va ilmiy rivojlanishiga mos holda tanlanadi va kiritiladi. Bu jarayon tilimizni zamonaviylashtirish va madaniy merosimizni saqlash uchun muhim qadamdir.

Tilni boyitish

Zamonaviy xorijiy atamalarni o‘zbek tiliga qo‘shish tilning so‘z boyligini oshiradi va uni boyitadi. Bu jarayon har bir foydalanuvchi uchun tilni yangilash va fikr almashishni osonlashtirishga yordam beradi.

AI aniqligini oshirish

Hukumat xodimlari yuklaydigan hujjatlar sun’iy intellektning natijalarini aniqroq va samarali qiladi, foydalanuvchilar uchun esa sifatli atamalar yaratishga zamin yaratadi.

Ilmiy bilimlarga kirishni osonlashtirish

Loyihamiz orqali o‘zbek tilida mavjud bo‘lmagan yangi ilmiy va texnik atamalar kirib keladi. Bu esa o‘zbek tilida bilim olishni, ilmiy maqolalar va texnik hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi. Talabalar, olimlar va umumiy foydalanuvchilar ilmiy sohadagi zamonaviy bilimlarga oson kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

MOBIL ILOVA

Mobil ilovamizni yuklab oling

Bizning xizmatlarimizdan istalgan joyda va istalgan vaqtda foydalanish uchun ilovamizni to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklab oling.
Xavfsiz va ishonchli

Ilova viruslardan tekshirilgan

Yuklab olish
Atamacom Mobile App